Qodirov Chechenistondagi erkaklarga diniy-axloqiy pasportlashtirishdan o‘tishni buyurdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika hududidagi 14—35 yosh oralig‘idagi har bir yigit diniy-axloqiy pasportlashtirishdan o‘tishi lozimligi haqida buyruq chiqardi. Bu haqda Checheniston Respublikasi parlamenti sayti ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.

Hujjatda ularning shaxsiy tavsifnomasi, milliy, nasliy va diniy mansubligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, unda ushbu odam uchun javobgar shaxslar ko‘rsatib o‘tiladi.

“Ushbu choralar o‘z vaqtida qabul qilingan choradir. Bugun turli ekstremistik guruhlar yoshlar ongini yolg‘on g‘oyalar bilan zaharlashga urinmoqda. Shuning uchun qimmatli vaqtni ketkazmasdan, ekstremizm va terrorchilik namoyon bo‘lishining har qanday shakliga barham berishimiz lozim”, — dedi deputat Adam Malikov.

Ushbu qaror respublika diniy tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligi va kuchga kirganligi ta’kidlanmoqda.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Qodirov
Просмотров: 1157 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:45
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz