Qor qamalida bir sutka qolib ketgan orenburglik Putinga shikoyat qildi


Orenburg—Orsk trassasini qor bosganligi uchun mashinasida bir sutka qolib ketgan orenburglik Pavel Gusev prezident Putin, Orenburg viloyati gubernatori Yuriy Berg va mahalliy favqulodda xizmat rahbari Pyotr Ivanovga videomurojaat yo‘lladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mazkur videomurojaatda Gusev o‘zi kabi qor qamalida qolib ketgan haydovchilarga uzoq vaqt mobaynida yordam yetib kelmagani sabablarini tekshirib ko‘rishni so‘ragan. “Biz qayerga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bo‘lsa, bog‘lanib ko‘rdik. Bizga ‘kutinglar, texnika yo‘lga chiqqan’, deya javob berishardi. Oxir-oqibat aslini olib qaraganda hech kim yordamga kelmadi ham. Shu tufayli ko‘pchilikni sovuq urdi”, — deya ma’lum qilgan Gusev.
Orenburg — Orsk trassasini yil boshida qor bosdi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, trassada qolib ketgan odamlarni qutqarishda 150 kishi ishtirok etgan va 55 ta maxsus texnikadan foydalanilgan. Trassadan jami 84 kishi evakuatsiya qilingan, 12 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Noramiy manbalarga ko‘ra, bir kishi nobud bo‘lgan.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Qor qamali, sutka, shikoyat
Просмотров: 1826 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:09
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz