Qozog‘istonda 6 yoshli bola qo‘lidagi lazerli yoritgich portlab ketdi


Qozog‘istonning Rudniy shahrida istiqomat qiluvchi olti yashar bolakayning qo‘lidagi lazerli yoritgich portlab ketdi. Bu haqda «Interfaks» Qustanay viloyati ichki ishlar boshqarmasiga tayanib xabar tarqatmoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, ona o‘z o‘g‘liga 5-6 santimetr uzunlikdagi lazerli yoritgich qurilmasi sotib olib bergan. Bolakay uni nam qo‘llari bilan ushlagan paytda u portlab ketgan. Portlash natijasida bolaning qo‘li kuygan.
«Bu o‘rinda kriminal asos yo‘q. Chunki ona o‘z o‘g‘liga o‘yinchoq sovg‘a qilgan. Polisiya ularga sudga murojaat qilishni maslahat bermoqda», — deyiladi mahalliy IIB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonda lazerli yoritgichlarning respublika hududida chetdan olib kirilishi va sotilishi taqiqlangandi. Qarorga ko‘ra lazerli ko‘rsatkichlar odamga va havo kemalariga qaratish zararli sanaladi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: lazerli yoritgich, 6 yosh, portlab ketdi, bola, Qozog‘iston
Просмотров: 1749 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:47
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz