Главная » 2016 » Октябрь » 19 » Qulog`idan qon oqayotgan Beyonse qo`shiq kuylashda davom etdi
19:44
Qulog`idan qon oqayotgan Beyonse qo`shiq kuylashda davom etdi





Nyu-Yorkdagi konsert vaqtida taniqli qo`shiqchi Beyonsening qulog`i qonab ketdi, deb yozadi “Vesti”.

Xonanda esa qulog`idan oqayotgan qon va og`riqqa qaramay, kuylashda davom etdi.

Beyonsening sochlari uning qulog`idagi zirakka ilashib qoldi. Shunda xonanda sochlarini orqaga tashlash uchun keskin harakat qildi, oqibatda zirak xonandaning qulog`ini shilib yubordi. Beyonsening hech narsa bo`lmagandek qo`shiq kuylashda davom etishi muxlislar olqishiga sazovor bo`ldi.

“Beyonse haqiqiy san`atkor. Uni hatto qulog`idan oqayotgan qon ham to`xtata olmadi”,—deb yozadi muxlislardan biri.
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 647 | Добавил: AdminoFF | Теги: Beyonse | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: