Главная » 2016 » Сентябрь » 11 » Qurbon Hayiti kuni Toshkent jamoat transporti o‘z ishini tonggi soat 4:00 dan boshlaydi
15:58
Qurbon Hayiti kuni Toshkent jamoat transporti o‘z ishini tonggi soat 4:00 dan boshlaydi







Qurbon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan 12-sentabr, dushanba kuni Toshkent shahar jamoat transporti o‘z ishini tonggi soat 4:00 dan boshlaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalari qatorida, avtobus saroylaridan tashqari, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi ham faoliyat olib boradi.
 
Eslatib o‘tamiz, Qurbon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan 12-sentabr O‘zbekistonda dam olish kuni deb e’lon qilingan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborotiga ko‘ra, Toshkent shahrida Hayit namozi tonggi soat 6:15 da o‘qiladi.
Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 304 | Добавил: AdminoFF | Теги: hayit | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: