Главная » TURFA OLAM

Quvaytda to‘ti erning xiyonatini oshkor qilib qo‘ydi

 




Quvaytlik to‘ti egasiga erining xiyonatini oshkor qilishda yordam berdi. “Mir24.tv”ningyozishicha, qush muhabbat izhorini tez-tez takrorlay boshlagan, ayol esa erining izhorini yillar mobaynida eshitmagan edi.
 
To‘tining egasi bir necha oydan buyon o‘z erining hamkasbi bilan ishqiy munosabati borligidan shubhalanib yurgan. Uyda yashovchi to‘ti, to‘satdan, ayolga erining xiyonatini oshkor qilishda yordam berdi. Qush erning muhabbat izhorini takrorlay boshlagan, biroq bu izhor turmush o‘rtog‘iga atalmagan edi.
 
Ayol to‘tini politsiya mahkamasiga olib bordi va uni erining xiyonat qilayotganiga isbot qilib ko‘rsatdi.
 
Quvaytda xiyonat uchun katta miqdorda jarima to‘lanadi. Biroq sud qushning so‘zlarini dalil sifatida qabul qilmadi. Chunki to‘ti takrorlayotgan muhabbat izhorini radio yoki televizordan eshitgan bo‘lishi ham mumkinligi ta’kidlandi.
 
Avvalroq, AQShda to‘ti qotillik guvohiga aylangan edi. Michigan shtatida qushning egasi o‘lik holda topilgan. Tekshiruvlar natijasida bu holni o‘z joniga qasd qilish, deb baholangan edi. Lekin to‘ti jinoyatni ochishga asos bo‘ldi. U “Meni otma, jin ursin” iborasini takrorlagan. Bu ibora qotillik sodir bo‘lishidan avval aytilganligi taxmin qilingan va jinoiy ish ochilgan.
 

Источник: qalampir.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (26.10.2016)
Просмотров: 487 | Теги: To‘ti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar