Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Ramazon Hayiti kuni O‘zbekistonning faqat tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi




Ramazon Hayiti nishonlanadigan 6-iyul, chorshanba kuni O‘zbekistonning faqat tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi. 

Xabar berishlaricha, 6-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +18…+20 daraja, qolgan hududlarda +23…+25 darajagacha iliq bo‘ladi.

Chorshanba kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20…+25 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +35 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +40 darajagacha, qolgan hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘ladi.

6-iyulga o‘tar kechasi va 6-iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (05.07.2016)
Просмотров: 295 | Теги: hayit, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar