Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Ramazon oyi qachon boshlanishi haqida ma`lum qilindi



 

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1 iyun kuni Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda O`zbekiston musulmonlari idorasiga asoslangan holda Ramazon oyi 6 iyunda kirib kelishi qayd etiladi.

Qarorda 6-iyundan boshlanadigan muqaddas Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo`lgan insoniylik, ma`naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, islom dini arkonlarini e`zozlash, bugungi tinch va osuda hayotning qadriga etish, odamlarni o`zaro yaxshilik qilishga, ahil va hamjihat bo`lib yashashga da`vat qilishga qaratilgan keng ko`lamli savobli amallar va targ`ibot ishlarini tashkil alohida ta`kidlab o`tiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga «Nuroniy» jamg`armasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an`ana va qadriyatlar, urf-odatlarga mos va uyg`un tarzda o`tkazish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Ushbu qutlug` oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o`zaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas ziyoratgohlarni obodonlashtirish bo`yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratildi.


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (01.06.2016)
Просмотров: 616 | Теги: ramazon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar