Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Raqobat qo‘mitasi Toshkent supermarketlaridan birida sotilayotgan qaymoqda ichak tayoqchasini aniqladi




O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Xosiyatli qut-baraka” MChJning sifatsiz sut mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishiga chek qo‘ydi.

Shu yilning fevral oyida Davlat raqobat qo‘mitasiga Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro tomonidan Toshkent shahri Sebzor ko‘chasida joylashgan Sunday supermarketidan qaymoq xarid qilgani va ushbu qaymoq sifatiga shubha tug‘ilganligi munosabati bilan Olmazor tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida bakteriologik tahlildan o‘tkazish uchun yuborgani ma’lum qilindi.

Tahlil natijasida olingan namunalar tarkibida ichak tayoqchasi guruhiga mansub bo‘lgan bakteriya borligi aniqlandi. Ushbu masala zudlik bilan Davlat raqobat qo‘mitasi, “Darvoza savdo” MChJ va “Xosiyatli qut-baraka” MChJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi.

Natijada, “Darvoza savdo” MChJga tegishli barcha Macro va Sunday supermarketlari peshtaxtalaridan “Xosiyatli qut-baraka” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan barcha sut mahsulotlari masala hal bo‘lgunga qadar sotuvdan vaqtincha olib qo‘yildi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi korxonada Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tomonidan qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar sababli korxonaning ishlab chiqarishi vaqtincha to‘xtatildi va korxona rahbariga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (30.05.2016)
Просмотров: 252 | Теги: qaymoq, super market, Mchj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar