Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Rashid Xoliqov: “Ruslan Sharipovga 15 daqiqa o`zimni tanitishga harakat qildim”



 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqovning hamkasbi Ruslan Sharipov haqida Instagram`ga yozib qoldirgan fikrlari ancha bahs-munozaralarga sabab bo`ldi.

Rashid Xoliqov “So`g`diyona” gazetasiga bergan intervyusida mazkur fikrlariga oydinlik kiritdi.

“O`tgan yili Ruslan bilan ko`chada uchrashib qoldik. Ancha suhbatlashdik, telefon raqamini oldim. Oradan vaqt o`tib, qo`ng`iroq qildim. ‘Rashidman’ desam, ‘Qaysi Rashid?’ deydi. ‘Rashid Xoliqov’ desam, ‘Kim u?’ deydi. Xullas, 15 daqiqa o`zimni tanitolmadim.balki, charchagandir, yo muolaja olayotgandir, bunisini bilmadim, lekin gaplasholmadik. Meni ko`pchilik tushunsa kerak, deb o`ylayman. 1999 yillar ayni ijodimiz izga utshib, qo`shiqlarimiz ommalashayotgan paytda Ruslan meni yoniga chaqirib, ‘Senga boshqa ashula yozmayman’, dedi. Sababini so`rasam, aytmadi. Faqat ‘Izzatga, o`zimga, boshqalarga ham yozaman, lekin senga yo`q’, dedi”,—deydi Rashid Xoliqov Ruslan Sharipov haqida gapirar ekan.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (25.06.2016)
Просмотров: 828 | Теги: Ruslan Sharipov, Rashid Xoliqov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar