Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Rayhon kelinlik libosini kiydi(Foto





O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotgani haqida xabar bergan edik. Ularning nikohi munosabati bilan o`tkaziladigan amru ma`ruf 5 noyabrga belgilangan. 

Bugun Rayhon bilan hamkorlikda ishlovchi ijodkor Yakzon o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Rayhonning oq ko`ylak ya`ni kelinlik libosidagi suratini joyladi. Mazkur suratga Prisma dasturi yordamida ishlov berilgan. Yakzon mazkur suratda aynan Rayhon aks ettirilganini ma`lum qilmagan, biroq kelin libosidagi qiz Rayhon ekanligi seziladi.

Rayhon poytaxtdagi to`y liboslari salonidan kelin ko`ylak tanlamoqda. Demak, Rayhon va Farhod Alimovlarning to`ylari tez kunlarda bo`lib o`tadi. 

“Darakchi.uz” sayti tahririyati nomidan ularga baxt tilaymiz!


 

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.11.2016)
Просмотров: 2139 | Теги: Rayhon Ganieva, Farhod Alimov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar