Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Rayhonning ikkinchi nikoh to‘yi tor doirada, ehtimol, chet elda o‘tkaziladi. Nima uchun?






Xonanda Rayhon ikkinchi marta oila qurayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lganida, uning boshlovchi Farhod Alimov bilan to‘yi 29-oktabrda, chet elda bo‘lib o‘tishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq keyinroq Farhod Alimov to‘yning boshqa sanada bo‘lishini ma’lum qildi, qayerda bo‘lishi hali noma’lum ekanini aytdi.


So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Farhod Alimov va Rayhonning to‘yi noyabr yoki dekabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. “Qalampir.uz”ning yozishicha, Rayhonning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, marosimni tor doirada o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

“To‘y haqida eshitgan do‘stlarim, tanish-bilishlar mendan ‘To‘yga aytmabsan’, deb xafa bo‘lishyapti. Ochig‘i, odamlarga ‘Rayhon bilan to‘yimiz 29-oktabr kuni bo‘layotgani yo‘q’, deb charchadim”, — deydi Farhod Alimov.

“Rayhonning birinchi nikoh to‘yida muxlislari restorandagi chiroqlarni sindirgan, Rayhonni ko‘raman deb uning ko‘ylagiga zarar yetkazgan. Shunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish uchun ham to‘y haqida hech kimga ma’lumot berishni istamadim”, — deydi boshlovchi.

“Tadbir yaqinlar, do‘stlar davrasida o‘tkazilsa, menimcha, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozircha to‘y qay tarzda, qayerda o‘tishi haqida biror nima deyishim qiyin. Balki chet davlatda, kichik ko‘rinishda, do‘stlar davrasida o‘tkazarmiz”, — deydi Farhod Alimov.

Farhod Alimov: Sobiq rafiqam bilan ajrashishimga Rayhonning mutlaqo aloqasi yo‘q

Oktabr oyi oxirida Rayhon ikkinchi marta oila qurishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. U 29-oktabr kuni chet elda bo‘lishi aytilgan to‘y marosimida taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqishi aytildi. Biroq keyinroq to‘y sanasi va joyi haqidagi xabarlar Farhod Alimovning o‘zi tomonidan rad etildi.

Ma’lumot uchun, Yigitali va Rayhonning to‘yi 2012-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan. 2014-yil may oyida ular egizak farzandli bo‘lgan. 2015-yil 9-yanvarida Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016-yil may oyida esa ularning nikohi rasman bekor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.




Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (01.11.2016)
Просмотров: 525 | Теги: Farhod Alimov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar