Главная » 2016 » Октябрь » 25 » Rejissor Melis Abzalov Shvetsiyada dafn etiladi
17:58
Rejissor Melis Abzalov Shvetsiyada dafn etiladi





Melis Abzalov bilan vidolashuv 26-oktabr, chorshanba kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Abzalovning hamkasbi Ali Hamroyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Shvetsiyada marhumning qizi va o‘g‘li, olti nevarasi va olti evarasi istiqomat qiladi. Ular o‘z katta bobosi, bobosi va otasini uning eng yaqin kishilari yashaydigan joyda yerga topshirishga qaror qildi”, — deb yozadi Ali Hamroyev.
 
Melis Abzalovning boshqa qarindoshlari taniqli kinoarbob bilan Toshkentda, 26-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 14:00 da Muhammad Yusuf ko‘chasidagi 68-uy, 1-xonadonda xayrlashadi.
 
Eslatib o‘tamiz, rejissor Melis Abzalov Shvetsiyada vafot etdi. U 18-noyabr kuni 78 yoshga to‘lgan bo‘lardi.
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 747 | Добавил: AdminoFF | Теги: Melis Abzalov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: