Главная » SPORT YANGILIKLARI

Rio-2016: Medallar jamg‘arish bo‘yicha kim etakchi?




Rio Olimpiadasi bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun ushbu turnirning oltinchi kun bellashuvlariga start beriladi.
Kecha bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda olti nafar sportchimiz musobaqalarga kirishi kutilgan edi, ammo akademik eshkak eshish bo‘yicha bellashuvlar noqulay ob-havo sharoiti sababli qoldirildi. Dzyudochilarimiz esa mag‘lubiyatga uchrab, muddatidan oldin turnirni tark etdi.
Hozircha yo‘qotishsiz medallar uchun kurashni davom ettirayotgan bokschilarimiz zafarli yurishlarini davom ettirdi va ularning ikki nafari yarim finalga yo‘l olib, delegatsiyamiz hisobiga ikkita medal qo‘shib qo‘ydi. Ammo ular oldinda oltin medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Bugungi oltinchi kun bellashuvlarda sportchilar 20 medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar. Ular orasida esa uch nafar sportchimiz ishtirok etadi.
Beshinchi kundan so‘ng medal jamg‘arish bo‘yicha AQSh termasi hamon etakchilikni davom ettirmoqda. Ular hozirgacha 11 oltin, 11 kumush va 9 bronza medalini naqd qilishgan. Shuningdek, kuchli uchlikka Xitoy (10-5-8) va Yaponiya (6-1-11) termalari yakun yasashgan.
Terma jamoamiz esa Diyorbek O‘rozboyev va Rishod Sobirov olib kelgan ikkita bronza medali hozircha cheklanib, Misr termasi bilan bir xil natija qayd etib, 43-pog‘onada bormoqda.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha reyting bilan tanishing:







 

Источник: Sports.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (11.08.2016)
Просмотров: 670 | Теги: Rio-2016 anons | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar