Главная » SPORT YANGILIKLARI

Rio-2016: Medallar jamg‘arish bo‘yicha kim etakchi?




Rio Olimpiadasi bahslari davom etmoqda. Bugun ushbu turnirning ettinchi kun bellashuvlariga start beriladi.
Kecha bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda uch nafar sportchimiz musobaqalarga kirishdi, ammo ulardan ikki nafari muddatidan oldin turnirni tark etishga majbur bo‘ldi. Dastlab dzyudochimiz Soyib Qurbonov ukrainalik Artyom Bloshenko to‘sig‘idan o‘ta olmagan bo‘lsa, boks bellashuvlaridi Elshod Rasulov (-81 kg.) texnik nokautga uchradi.
Birgina g‘alabani esa -69 kg. vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shaxram G`iyosov olib keldi. Bugungi bellashuvlarda esa 10 nafar sportchimizning musobaqalarda ishtirok etadi.
Oltinchi kundan so‘ng medal jamg‘arish bo‘yicha AQSh termasi hamon etakchilikni davom ettirmoqda. Ular hozirgacha 16 oltin, 12 kumush va 10 bronza medalini naqd qilishgan. Shuningdek, kuchli uchlikka Xitoy (11-8-11) va Yaponiya (7-2-13) termalari yakun yasashgan.
Terma jamoamiz esa pastlashda davom etib, 48-pog‘onada bormoqda.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha reyting bilan tanishing:


Источник: Sports.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (12.08.2016)
Просмотров: 776 | Теги: Rio-2016 anons | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar