Ronaldu 23 million dollarga Nyu Yorkdan uy sotib olmoqchi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir katta xaridga qo‘l urmoqchi. Portugaliyalik futbolchi Nyu York shahridan o‘zining ikkinchi kvartirasini sotib olish niyatida. Eurosport nashrining xabar berishicha Ronaldu xaridor bo‘layotgan kvartiraning narxi 23 million dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu avgust oyida shaharning Tramp Tauer mavzesidan 18,5 million dollarga bu yerdagi birinchi kvartirasini sotib olgandi. Mazkur turar joyning maydoni 2500 kvadrat metrdan iborat. Ma’lumotlarga qaraganda, Ronalduning yangi ko‘chmas mulki oldingisidan ko‘ra kattaroq bo‘ladi. Uning maydoni 3200 kvadrat metr bo‘lib, Markaziy xiyobonga qo‘shni binoning 63-qavatida joylashgan. Bu kvartirada ilgari mediamagnat Donald Trampning ota-onasi istiqomat qilishgan.

Ma’lumot uchun, Portugaliyalik futbolchi Monte-Karlodan 140 million yevroga mehmonxona sotib olgan edi. 
Jaloliddin Ravshan


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: ronaldu
Просмотров: 1570 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz