Rossiyada iPhone’ning 130 dollarlik muqobili ishlab chiqariladi

Rossiyaning “Roselektronika” xoldingi iPhone’ning 130 dollarlik muqobilini chiqarishga tayyorlamoqda. Bu haqda 22-sentabr, payshanba kuni xolding bosh direktori Igor Kozlov jurnalistlarga so‘zlab berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Biz hamyonbop Rossiya smartfonini ishlab chiqmoqdamiz. 2018-yilda o‘zimizda ishlab chiqarilgan iPhone paydo bo‘ladi, uning peshtaxtalardagi qiymati 130 dollarni tashkil etadi”, — dedi Kozlov.

Ma’lumot uchun, taqdimoti sentabr boshida bo‘lib o‘tgan iPhone 7 smartfonining chakana narxi 649 dollardan boshlanadi. Biroq tahlilchilar qurilmaning tannarxi 223,8 dollarga teng ekanini hisoblab chiqdi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Rossiyada iPhone’ning 130 dollarlik
Просмотров: 1226 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:47
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz