17:48 Rossiyalik astronom Putinning tug`ilgan kuniga yulduz sovg`a qildi | |
![]() Rossiyaning Primore o`lkasida yashovchi havaskor olim Filipp Romanov Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning tug`ilgan kuniga kutilmagan sovg`ani hadya qildi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru” nashri. O`n to`qqiz yoshli astronom Rossiya prezidentining tug`ilgan kuniga Baliq yulduzlar turkumidan yangi yulduz ochishni rejalashtirgandi. Romanovning so`zlariga qaraganda, yulduzlarni qayd etish xalqaro bazasida o`zgaruvchan osmon jismiga shaxsiy nom berilmaydi, yulduzga raqam va harfiy ramzlar qo`yiladi. Ammo astronom kashf etgan bu yulduzni Rossiya prezidentining tug`ilgan kuniga ajoyib sovg`a deb qabul qilish mumkinligini bildirgan. Filipp Romanov – 19 yoshli astronom bo`lib, Rossiyaning Primore o`lkasida yashaydi. OAVlarda uni “Zamonaviy Galileo” deb atashadi. Hozirda Romanov Moskvada MDUda o`qishni rejalashtirgan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|