Главная » 2016 » Июнь » 14 » Rossiyalik deputat Fransiyada to‘polon uyushtirgan rossiyalik futbol ishqibozlarini maqtadi
12:52
Rossiyalik deputat Fransiyada to‘polon uyushtirgan rossiyalik futbol ishqibozlarini maqtadi



Rossiya Davlat Dumasi spikerining o‘rinbosari va Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Igor Lebedev Marselda angliyalik “hamkasb”lari bilan mushtlashgan rossiyalik futbol ishqibozlarini maqtadi, deb xabar bermoqda TJournal.
 

“Fanatlarning mushtlashuvida qo‘rqinchli biror narsa ko‘rmayapman. Aksincha, barakalla, bizning yigitlar. Shunday davom eting!”, — deb yozdi siyosatchi Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ikki jamoa fanatlari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi, keyinchalik esa ular mahalliy aholi bilan mojaroga kirishdi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: DUYNO XABARLARI | Просмотров: 306 | Добавил: AdminoFF | Теги: Igor Lebedev, fanatlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: