Главная » BOLLEWOOD XABARLARI

ROSSIYALIK QIZ O`ZINING XAVFLI SELFISI BILAN MASHHUR BO`LDI (18+)





Rossiyalik 23 yoshli Angelina Nikolau butun dunyoga xavfli selfisi bilan mashhur bo`ldi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru” nashri.  



Qiz dunyoning mashhur va baland imoratlarining eng xavfli joylariga bir o`zi yoki ekstrim ishqibozlari bilan birga chiqib, suratga tushadi.



Angelina juda xavfli ish bilan shug`ullanmoqda, chunki aksariyat binolarga chiqish taqiqlangan. “V Kontakte” shaxsiy sahifasida qiz Moskva shahridan ekanligini 1993 yilning 24 iyunida tug`ilganini ma`lum qilgan.

Angelina ilk selfilarini Moskva va Rossiyaning bir qancha shaharlarida olgan. U keyinchalik turli sayohatlarga chiqqan, sayohat davomida ham eng xavfli binolar tomiga chiqib selfiga tushgan. Bu selfilarni ko`rgan odamning nafasi ichiga tushib ketadi.



Biz Angelinaning “qahramon”ligini takrorlashingizni istamaymiz, bu juda xavfli.





 

Источник: darakchi.uz
Категория: BOLLEWOOD XABARLARI | Добавил: AdminoFF (23.08.2016)
Просмотров: 1308 | Теги: selfi | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar