Главная » 2016 » Июль » 29 » Ruslan Chagaev boksdagi faoliyatini yakunladi
11:00
Ruslan Chagaev boksdagi faoliyatini yakunladi



Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA)ning superog`ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni, o`zbekistonlik Ruslan Chagaev sog`lig`ida yuzaga kelgan muammolar sababli faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda bokschining menejeri Timur Dugazaev ma`lum qilgan, deb xabar bermoqda Sports.uz nashri.

Avvalroq WBA 37 yoshli Ruslan Chagaevning Puerto-Riko vakili Fres Okendoga qarshi himoya jangiga rad javobini berganligi uchun chempionlik titulidan mahrum qilgan edi.

– Ruslan bizga ortiq ringga chiqmasligini ma`lum qildi, – deydi Dugazaev. – Bunga sabab hozirda uning ko`zlarida muammolar bor. Sog`liq barchasidan ustun.

Eslatib o`tamiz, 2001 yili Chagaev chap ko`zidan operasiya qilingan. U professional ringda 38 jang o`tkazib, 34 g`alaba (21 nokaut), 3 mag`lubiyat va bitta durang qayd etgan.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 449 | Добавил: AdminoFF | Теги: Ruslan Chagayev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: