Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Ruslan Sharipov: Hammasiga o‘zim aybdorman






Bir muddat avval O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bugungacha xit bo‘lib kelayotgan qator taronalar muallifi hisoblangan Ruslan Sharipovning suratlari internetda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan MY5 (“Mening yurtim”) telekanali ijodkorlari san’atkordan qisqa intervyu oldi.

“Hammasiga o‘zim aybdorman. Yoshim 52 ga chiqdi va hayotimdagi eng qimmatli jihat — mening qizlarimdir”, — dedi Ruslan Sharipov MY5 telekanaliga bergan intervyusida.

Ruslan Sharipov o‘z vaqtida u bilan birga ishlagan yoki u bilan hamkorlik qilgan bir qator san’atkorlarning ko‘p yillardan beri barqaror ijod bilan shug‘ullanayotganini alohida ta’kidlab, ularni olqishladi.

“Menga yoshlar juda yoqadi. Masalan, Ziyoda, Ulug‘bek Rahmatullayev, Manzuraning qo‘shiqlari ma’qul. Lekin ular bilan deyarli muloqotda bo‘lmayman”, — dedi Ruslan Sharipov.

“Men birgalikda qo‘shiq yozishni istaganim san’atkorlar ro‘yxati katta. Chunki yozish mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar juda ko‘p”, — deya qo‘shimcha qildi Ruslan Sharipov.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (18.06.2016)
Просмотров: 767 | Теги: Ruslan Sharipov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar