Главная » 2017 » Январь » 6 » Salim Abduvaliev Milliy olimpiya qo`mitasi vise-prezidenti etib saylandi
20:12
Salim Abduvaliev Milliy olimpiya qo`mitasi vise-prezidenti etib saylandi




Bugun Milliy olimpiya qo`mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda to`rt yillik olimpiya siklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida hisobot berildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bosh Assambleya yig`ilishida Milliy olimpiya qo`mitasining to`rt yiliik sikldagi faoliyati qoniqarli deb bir ovozdan qabul qilindi. Shundan so`ng Milliy olimpiya qo`mitasiga yangi prezident saylash marosimi bo`lib o`tdi va ushbu lavozimga “O`zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov bir ovozdan saylandi. 

Mamlakatimizdagi sport federasiyalari va taniqli sportchilarning taklifiga ko`ra Mirabror Usmonov Milliy olimpiya qo`mitasining faxriy prezidenti etib tayinlandi. O`z navbatida o`tgan davr mobaynida qo`mitaga rahbarlik qilgan Mirabror Usmonovga butun sport jamoatchiligi va olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan minnatdorchilik izhor etildi. 

Shuni alohida e`tirof etish kerakki, Mirabror Usmonov Rio—2016 Olimpiadasi sikli boshlangan bir vaqtda MOQ prezidenti etib tayinlangan bo`lib, uning rahbarligida O`zbekiston delegasiyasi Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. 

Shuningdek, qo`mita vise-prezidentlari sifatida Valeriy Tyan, Salim Abduvaliev, Farhod Turdiev va Umid Ahmadjonovlar saylanishdi. Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylandi va faoliyatini davom ettiradigan bo`ldi. Milliy Olimpiya qo`mitasining XXX Bosh Assambleyasida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 407 | Добавил: AdminoFF | Теги: Salim Abduvaliev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: