Главная » SHOU-BIZNES habarlari

“Salom, ozodlik!”. Shohruxxon Instagram’iga bo‘lingan yurak suratini joylashtirdi va Asal Shodiyeva bilan to‘ydan keyin tushgan selfilarini





Xonanda Shohruxxon 26-avgust, juma kuni tongda Instagram’dagi sahifasiga bo‘lingan yurak suratini joylashtirib, unga: “Xayr :) Salom, ozodlik!”, — deb izoh qoldirdi.
Shohruxxon nima sababdan mazkur suratni joylashtirgani, gap qanday ozodlik haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. Instagram foydalanuvchilari Shohruxxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan ajrashayotganini taxmin qilgan.
 
Qayd etish joiz, Shohruxxonning ham, Asal Shodiyevaning ham Instagram’dagi sahifalaridan ularning to‘ydan keyingi birgalikda tushgan selfilari va videolari o‘chirib tashlangan. Ayni vaqtda, ular Instagram’da bir-biriga obunachi bo‘lishda davom etmoqda (bir-birini unfollow qilmagan)
 
Instagram’dagi to‘ydan keyingi birgalikdagi suratlarining o‘chirilishi hamda Shohruxxonning bo‘lingan yurak suratiga ilova qilib yozgan so‘zlari yuzasidan hozircha na Shohruxxonning o‘zi, na Asal Shodiyeva izoh berdi.
 
Eslatib o‘tamiz, aktrisa va xonandaning nikoh to‘yi 2016-yilning 5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan va yilning eng shov-shuvli to‘y marosimlaridan biriga aylangan edi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (26.08.2016)
Просмотров: 577 | Теги: Shohruxxon & Asal Shodiyeva | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar