Samarqand viloyati: 2018 yilda kutilayotgan natijalar

Viloyatda 2018 yilda yalpi hududiy mahsulot 20,6 milliard so‘mni tashkil etishi kutilmoqda (2017 yilga nisbatan 108,9 foizga o‘sish), deb e’lon qildi Samarqand viloyat hokimligining rasmiy sayti.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilishi 5433,2 ming so‘m (2017 yilga nisbatan 6,5 foizga o‘sish) bo‘lishiga erishish rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi «2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan 3200 gektar paxta va 1800 gektar boshoqli don ekinlari maydonlari qisqartirilishi hisobiga qo‘shimcha ravishda 900 gektar kartoshka, 1868 gektar sabzavot, 450 gektar bog‘, 1465 gektar ozuqa ekinlari, 158 gektar moyli ekinlar, 159 gektarda tokzor barpo qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida qiymati 839,2 milliard so‘mlik 184 ta loyihalarni amalga oshirish va 2163 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Qurilish, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasi

«Samarkand City» turizm hududi qurilishi boshlanadi.

Viloyatda 36 ta arzon ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilangan. Jumladan, Samarqand tumanida 32 ta 7 qavatli, Kattaqo‘rg‘on shahrida 4 ta 5 qavatli arzon ko‘p qavatli uylar quriladi.

Viloyatdagi qishloq joylarda 1198,8 milliard so‘mga namunaviy loyihalar asosida 1758 ta arzon uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Kapital qo‘yilmalar 3882,4 millard so‘mni (111,2 foiz), qurilish ishlari 2915,7 millard so‘mni (113,5 foiz), xizmatlar 7563,9 milliard so‘mni (112,2 foiz) tashkil etadi.

Viloyatdagi paxta tolasini qayta ishlash darajasi 34 foizga yetkaziladi.

Mahalliylashtirish dasturi asosidaviloyatda yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga 30 korxona 62 loyihalar bo‘yicha 251,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, o‘sish sur’atini 185,6 foizga yetkaziladi.

Hududiy eksport hajmi 246 mln. dollarni tashkil etib, hududiy eksportyor korxonalar soni 250 dan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.

30 ta suv ob’ektlarni qurish va 154,8 km suv tarmog‘ini tortish ishlari uchun 31467,6 million so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

Aholi bandligi

Sanoat yo‘nalishida qiymati 3413,3 milliard so‘m bo‘lgan 354 ta loyihani amalga oshirish va 12626 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Shundan 1494,4 milliard so‘mlik 128 ta yirik ahamiyatli loyihadir.

Bandlik dasturi asosida aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida viloyat bo‘yicha 68371 fuqaroning yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlarida bandligi ta’minlanishi belgilangan.

Ta’lim sohasi

2018/2019o‘quv yilida akademik litseylar faoliyati optimallashadi. Moddiy texnika bazasi zamon talabiga javob bermaydigan 2 ta akademik litsey faoliyati to‘xtatiladi. O‘quvchilarni kichik guruhlarda o‘qitilishi akademik litseylarda ta’lim sifatini oshirishiga xizmat qiladi.

Kasb-hunar kollejlarini 51,9 ming bitiruvchilarini mos yo‘nalishdagi korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashini to‘rt tomonlama shartnomalar asosida samarali tashkil etishga hamda bandligini ta’minlash yuzasidan har bir tuman, shahar, korxona, kollej va uning bitiruvchisi kesimida biriktiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan viloyatda 225 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil qilinadi, 51 ta maktabgacha ta’lim muassasalari rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi, 64 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasalari quriladi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Samarqand viloyati
Просмотров: 784 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:33
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz