Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlar qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar keksa ayolning ustidan shafqatsizlarcha kulgani aks etgan qisqa video tarqaldi,  deb yozadi Repost. 


Unda ikki yigit ayolning ortidan borib, uning boshiga chelak kiygizgani, so‘ng ulardan biri ayolni mushti bilan urganini ko‘rish mumkin. Ayol esa mo‘nkib, yiqilgan. Bezorilarning uchinchi hamtovog‘i hujumni videoga olgan.

Voqea Samarqanddagi “Shodiyona” savdo markazida yuz bergani taxmin etilmoqda.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi nashrga tasdiqlashicha, yigitlar qo‘lga olingan, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Samarqand
Просмотров: 3285 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz