Главная » 2016 » Октябрь » 2 » Samarqandda terminal o'rnatilgan avtobuslar paydo bo'ldi
19:08
Samarqandda terminal o'rnatilgan avtobuslar paydo bo'ldi





Samarqand shahrida terminal o'rnatilgan yo'lovchi avtobuslari paydo bo'ldi. Bu haqda Facebook’da e`lon qilingan shunday avtobuslarning suratlari asosida carzone.uz habar bergan.Terminallar qachondan, qaysi yo'nalishlarda qatnovchi avtobuslarga o'rnatilgani, mazkur yangilik nechta avtobusni qamrab olgani haqida aniq ma`lumotlar yo'q. Aksariyat Facebook foydalanuvchilari mazkur yangilikni hursandchilik bilan qarshi olgan, “bozorlarda ham terminallar joriy etilsa yahshi bo'lardi”, degan fikrlarni bildirgan.Surat e`lon qilingan Facebook’dagi sahifalarning birida bu amaliyot asosan Samarqanddan tumanlarga qatnaydigan avtobuslarda joriy etilgani, shahar ichida harakatlanuvchi avtobuslarda nafaqat naqd pul, balki jYetonlar yordamida ham hisob-kitob qilish mumkinligi yozilgan.
Ma`lumot uchun, 2016 yilning 1 mayidan boshlab, Samarqand avtobuslarida yo'l haqi vositalaridan biri sifatida plastik kartochkalarga harid qilinadigan jYetonlar joriy etildi. Samarqand avtobuslarida yo'l haqi 2016 yil 20 iyundan 900 so'm etib belgilangan.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 289 | Добавил: AdminoFF | Теги: avtobus, Terminal, Samarqand | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: