Samarqandda turarjoy binosining bir qismi qulab tushdi



2016 yil 10 sentyabr' kuni Samarqand shahrining «O'rikzor» mahallasida 131 sonli ko'pqavatli turarjoy binosi fasad qismining beton qismi qulab tushgan. Bu haqda Samarqand viloyati STV telekanalihabar qilgan.

Buyuk ipak yo'li ko'chasida joylashgan va kapital ta`mirga muhtoj bo'lgan uyda 70 oila istiqomat qiladi. Ularning fikricha, uyning avariya holatiga Yerto'lasida doimiy ravishda suv to'planishi sababdir. Shunga qaramay, mana bir necha o'n yillardan beri uyda kapital ta`mirlash o'tkazilganini hotirlay olmasliklarini bildirishgan. 

Ularning aytishlaricha, bir kun avval turli hil baland ovozlarni eshitgach, qo'rqganlaridan ko'chaga chiqishgan. Bunday ovoz esa, bir necha marta eshitilgan. Aholi hozirda o'z honadonlariga kirishdan havotirlanishmoqda. Garchi fuqarolar kerakli idoralarga habar qilishgan bo'lishsa-da, bir necha oydirki muammo hal etilmagan. 

Habarlarga ko'ra, binoning bir necha tonnalik devori qulab tushgan yo'lak bolalarning sevimli o'yingohi bo'lgan. Yahshiyamki, bahtli tasodif tufayli, o'sha kuni binoning old tomonidagi yagona kirish qismida hech kim bo'lmagan. Maqola tayyorlanish chog'ida telekanal vakillari turarjoy fuqarolari bilan bog'lanishgan. Ularning aytishlaricha, shirkat ta`mirlash ishlarini boshlab yuborgan, ammo kapital ta`mirlash o'tkazilmasligini bildirishgan. 







Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Samarqandda turarjoy binosining bir
Просмотров: 1125 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:57
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz