Главная » 2016 » Июнь » 1 » SamDU nomidan Alisher Navoiy ismi olib tashlandi
10:49
SamDU nomidan Alisher Navoiy ismi olib tashlandi



Samarqand davlat universiteti (SamDU) nomidan Alisher Navoiy ismi olib tashlandi,deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston hukumatining 24-maydagi qarori (pdf)ga tayanib. Endi u shunchaki “Samarqand davlat universiteti” deb nomlanadi.

Bunday qaror Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ochilishi bilan bog‘liq. Yangi OTM Islom Karimovning 13-maydagi farmoni bilan tashkil qilindi.

SamDU tarixi 1927-yil — Samarqandda O‘zbek pedagogika universiteti ochilgan vaqtga borib taqaladi. 1930-yilda u O‘zbek davlat pedagogika akademiyasi deya qayta nomlandi. 1933-yilda akademiya va O‘zbek davlat tibbiyot instituti bazasida O‘zbek davlat universiteti tashkil qilindi.

1941—1944-yillarda O‘zbek davlat universiteti Toshkent davlat universiteti bilan vaqtinchalik birlashtirildi. 1944-yilda universitet yana Samarqandda faoliyatini qayta tikladi. 1960-yilda O‘zbek davlat universiteti Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga aylantirildi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 461 | Добавил: AdminoFF | Теги: SamDU, Alisher Navoiy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: