Samsung 2013-yilda eng ko‘p smartfon ishlab chiqardi


O‘tgan yili birinchi marta dunyo bo‘yicha bir milliard donadan oshiq smartfon sotildi. 2012-yil bilan solishtirganda, bu borada o‘sish 38,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda maxsus tadqiqot o‘tkazgan IDC kompaniyasi ma’lum qilmoqda.

Shuningdek, 2013-yilda ilk bora telefonlar savdosi umumiy hajmining yarmidan ko‘prog‘ini smartfonlar tashkil etdi. Xuddi avvalgi yildagidek, bu borada bozorning yetakchisi Samsung bo‘ldi – u sotgan smartfonlar bozorning 31,5 foizini tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rinni esa Amerikaning Apple kompaniyasi 15,3 foizlik ko‘rsatkich bilan egallab turibdi. Xitoylik ishlab chiqaruvchilar: Huawei hamda Lenovo o‘tgan yili smartfon bozorining uchinchi va beshinchi o‘rinlaridan joy olishdi. Smartfonlar sotilishi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni esa Koreyaning LG kompaniyasi band etdi.

Tadqiqotchilarning baholashlariga ko‘ra, kompaniyalar smartfonlar savdosida muvaffaqiyatga erishishlarida ikki omil muhimdir: qurilmaning ekrani katta bo‘lishi hamda narxi past bo‘lishi. Masalan, Xitoy va Hindiston bozorlarida 150 AQSh dollaridan arzon bo‘lgan smartfonlar ko‘proq ommalashmoqda. Savdoning o‘sishida ayni shular asosiy o‘rin tutmoqda.

Smartfonlardan tashqari umuman uyali telefonlar bozorida ham Samsung oldinda; bu borada u savdo hajmini 2012-yilgiga nisbatan 9 foizga oshirdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Nokia esa aksincha – avvalgi yilgidan 25 foiz kam telefon sota oldi. Telefonlar savdosida eng yirik o‘sish ko‘rsatkichi bo‘lsa LG kompaniyasida qayd etildi: u 2012-yilgiga nisbatan 23 foizdan oshib ketdi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: samsung
Просмотров: 1258 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz