Samsung kompaniyasi rahbari 5 yilga qamaldi


Avvalroq, Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung kompaniyasi rahbari Li Chje Yonni 12 yil ozodlikdan mahrum qilishni talab qilgayotgani haqida xabar bergan edik.

Samsung imperiyasining 49 yoshli merosxo‘ri Li Chje Yon korrupsiya, ishonchni suiste’mol qilish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topildi.

Seulning tuman sudi Janubiy Koreyaning Samsung konserni rahbarini 5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Korrupsiya masalasidagi ushbu jinoyat Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Chxve Sun Silga nisbatan ko‘rilgan korrupsiya ishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung Chxve Sun Sil rahbarlik qilayotgan tashkilotlarga katta miqdorda pul to‘lab kelgan.

Nigina Hakimova



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: samsung, qamaldi, rahbari, kompaniya, 5 yilga
Просмотров: 1142 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz