Samsung smartfon orqali boshqariladigan “aqlli” lampalar ishlab chiqaradi

Samsung kompaniyasi “aqlli” lampalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu mahsulotni korxonalar ham, oddiy iste’molchilar ham sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Look At Me nashri xabar berdi.

Ushbu lampalarni mobil qurilmadagi maxsus dastur yordamida boshqarish mumkin. Lampalarning yorug‘lik darajasi va nurining rangini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Bitta lampaning o‘zi 10 yilgacha ham ishlashi mumkin.

Ta’kidlash joiz, bundan avval Philips va LG ham o‘zining “aqlli” lampalarini taqdim etgan edi. Biroq ulardan farqli ravishda Samsung lampalari  Wi-Fi emas, Bluetooth orqali boshqariladi. Bu ulanish jarayonini soddalashtirib, bir vaqtning o‘zida 64 ta lampani boshqarish imkonini beradi.

Lampaning qanday narxda sotilishi hozircha noma’lum. Ushbu mahsulot Light + Building 2014 ko‘rgazmasida to‘liq namoyish etiladi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: samsung, “aqlli” lampalar
Просмотров: 1438 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz