Samsung ultrayupqa noutbuk ustida ishlamoqda

Samsung kompaniyasi Intel Core i7 protsessori o‘rnatilgan Notebook 9 ultrayupqa noutbukini namoyish etish arafasida. Yangi noutbukning operativ xotira hajmi 16 Gb'ni tashkil qiladi, ichki xotira hajmi esa - 1 Tb.

Samsung Notebook 9 dizaynida ishlab chiqaruvchilar o‘tkir qirralardan voz kechishga qaror qilishdi. Kumushrang korpus zamonaviy ko‘rinish olgan bo‘lib, ortiqcha logolarga ega emas. Displey maxsus sharnirlar yordamida ulangan.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, qurilma klaviaturasi ancha qulay. Noutbuk bozorga ikki variatsiyada - 13,3 dyuymli va 15,6 dyuymli displeylar bilan chiqadi. Bugungi kunga kelib, gadjetning narxiga doir ma’lumot yo‘q.

Samsung kompaniyasi rahbarlari ultrayupqa noutbuk taqdimoti sanasiga doir ma’lumotni berishmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taqdimot joriy yilning boshida bo‘lib o‘tishi mumkin. Yangi noutbuk chiqqanidan keyin ekspertlar zarur testlar o‘tkazib, ularning natijalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishmoqchi.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: samsung
Просмотров: 892 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz