Samsung zilzila tufayli ishlab chiqarishni to'htatishiga to'g'ri keldi



Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya zavodlaridan biridagi ishlab chiqarishni to'htatishga majbur bo'ldi. Bunga mintaqada ro'y bergan 5,8 balli Yer silkinishi sabab bo'ldi. Bunday seysmik hodisa mamlakat hududida 1978 yildan buyon kuzatilmagandi. 

So'nggi kunlarda mamlakatda ikki marta kuchli zilzila sodir bo'ldi. 12 sentyabr' kuni seysmologlar Rihter shkalasi bo'yicha 4,9 balli, 13 sentyabrda esa - 5,8 balli kuchli silkinishni qayd etishdi. Zilzila markazi Kensan provintsiyasida 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan. 

Janubiy Koreyada 40 yildan beri bunday kuchli zilzila kuzatilmagan edi. 

Janubiy Koreyaning ko'plab hududlari, shuningdek Yaponiyaning Kyusyu oroli aholisi Yerosti silkinishlarini his qilishdi. Buning natijasida 6 kishi jarohatlangan, vayronagarchiliklar haqida habar berilmagan. 

Insayderlarning ma`lum qilishicha, Samsung zilzila tufayli ishlab chiqarishni to'htatishga majbur bo'ldi. Manbaga ko'ra, bu - ehtiyot chorasi, zavodlarga qanday ziyon Yetgani noma`lum. 

Janubiy Koreya seysmik jihatdan havfli hudud hisoblanmas edi, biroq endi tahlilchilar bu qarashlarini qayta ko'rib chiqishlari mumkin.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Samsung zilzila tufayli ishlab chiq
Просмотров: 939 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz