Главная » SPORT YANGILIKLARI

Samvel Babayan: Mustaqilligimizning 25 yilligi kunida xalqimizga g`alaba tortiq etishni istaymiz




O`zbekiston — Suriya uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlar savollariga javob berdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi. 

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga anjumanda Server Jeparov hamrohlik qildi.

“Ertaga Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvini o`tkazamiz. Bu ajoyib stadionda o`ynashimizdan xursandman. Raqibga kelsak ajoyib jamoa, ayniqsa hujum chizig`i ancha kuchli. Kuni kecha oxirgi bo`lib Ahmedov va Denisov terma jamoa ixtiyoriga etib keldi. Nihoyat jamoa to`liq tarkibda. Ertaga eng yaxshi o`yinimizni ko`rsatamiz, deb umid qilaman”.

“Bu bosqichni O`zbekiston g`alaba bilan boshlamaganmi? Menimcha bu statistikani futbolchilar bilmasa ham kerak. Bu narsani o`ylaganimiz ham yo`q, bosim ham yo`q. Undan tashqari, har qanday seriya bir kun nihoyasiga etadi”.

“Igor ancha vaqtdan buyon gol urmayapti. Chunki Xitoyda u har doim ham o`z pozisiyasida o`ynamayapti. Uning mahoratiga shubha qilmaymiz va u ertangi o`yinga tayyor”.

“Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov Rossiya chempionati so`nggi turida o`yin o`tkazzib kelishdi. Ular shifokorlar nazoratida. Umid qilamanki, ertaga maydonga tusha olishadi va jamoaga yordam beradi”.

“Federasiya prezidenti bilan uchrashuv jamoa uchun juda muhim bo`ldi. Janob Usmonov O`zbekiston boks terma jamoasining olimpiyadadagi natijalarini misol keltirib, futbol terma jamoamiz ham shunday yutuqlarga erisha olishiga umid bildirdilar va biz bayramni davom ettirishga urinamiz”.

“Jamoada bosh ruhshunos bosh murabbiy bo`lishi kerak. Terma jamoadagi hozirgi yigitlarning deyarli barchasi bilan oldin ham birga ishlaganman. Shu bois ularning holatlarini juda yaxshi his qilib turaman. Yigitlar bir oila bo`lib ketishganiga shubha yo`q”.

“Ertaga Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonlayotgan kunda xalqimizga g`alaba tortiq etishni istaymiz. Barcha barcha bizni qo`llab turishini istardim”, - deya bo`lajak o`yin haqidagi fikrlarini yakunladi O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Источник: darakchi.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (31.08.2016)
Просмотров: 456 | Теги: Samvel Babayan, JCh–2018 saralash | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar