Главная » SPORT YANGILIKLARI

Samvel Babayan: "Taktikamiz oddiy: 10 futbolchi hujumda, 10 futbolchi himoyada"






O'zbekiston va Xitoy uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
Unga Server Jeparov hamrohlik qildi. 

- Ertaga muhim o'yin bo'ladi. Xitoyni etarli darajada o'rganib chiqdik. Tarkibida ajoyib futbolchilarga ega jamoa. Xitoy Superligasida ham yulduzlar o'ynamoqda va chempionati ham ancha kuchayib bormoqda. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib g'alaba qozonishga urinamiz, - deydi Babayan. 

- Barchaga salom nafaqat biz uchun butun xalqimiz uchun muhim kun. Umid qilamanki yaxshi kayfiyatda o'yin o'tkazib muxlislarimizni xursand qilamiz, - deydi Jeparov. 
 Sergeev, Rashidov va To'xtaxo'jaevning o'yini ancha pasayib bormoqda. Siz doim 23 nafar futbolchini O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari deb ataysiz. Nahot ularning o'rniga boshqa o'yinchilarni jalb qilishning imkoni yo'q? 
- Uchala futbolchi ham o'z ishining ustasi. Ular terma jamoada o'ynashga haqli ekanliklarini isbotlab bo'lishgan. Ularda xato va kamchiliklar bo'layotgani rost, lekin bu bilan ularning oldingi qilgan ishlarini unutish to'g'ri emas. Yosh futbolchilar matbuotdagi tanqidlarni o'qishadi, bu esa ularga yomon tasir qiladi. 

- Mashg'ulotlar qanday olib borilmoqda? Yangiliklar qo'llanilmoqdami?
- Terma jamoada har doim ham yangi narsalarni o'rgatib bo'lmaydi. Sababi terma jamoalar uchun juda kam vaqt ajratiladi. Bilasizmi, dastlabki uchta o'yinda biz to'liq optimal tarkibda o'ynay olmadik. Agar eng kuchlilarni tushira olganimizda haqiqiy kuchimizni ko'rardinglar. Har safar kimdadir qandaydir muammo paydo bo'laverdi. 
 
qanot himoyamiz tashvishga solmoqda, To'xtaxo'jaevning o'rnida Davron Hoshimovni sinab ko'rishni iloji yo'qmi? 
- Biz Xitoyning o'yin uslubini o'rganib chiqdik. Tarkib borasida ertaga yakuniy qarorni chiqaramiz. To'xtaxo'jaev juda tajribali futbolchi, unda xatolar bo'ldi. Lekin asosiy tarkibda o'ynashga haqli ekanini ko'rsatdi. To'g'ri ular tezkor futbol o'ynashadi, bizning taktika oddiy 10 futbolchi hujumda, 10 futbochli himoyada...

Xitoylik jurnalist savoli: Dastlabki uchta turdan so'ng jamoa uchinchi o'rinda bormoqda. Bu degani ertaga g'alaba qozonishga majburmisizlar? 
- Bizning har bir o'yindagi maqsadimiz bitta: G'alaba qozonish. Ertaga ham bu maqsadimiz o'zgarmaydi. Bu bosqichdagi har bir jamoa g'alaba uchun maydonga tushishadi. 

Xitoylik jurnalist savoli: - 2015 yilgi O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'yinni ko'rdik. Xitoyda yangi bosh murabbiy keldi. Bu bilan o'yin uslubi qanchalik o'zgardi? 
- Tarkibda o'zgarishlar bo'lgan, lekin asosiy futbolchilar hamon o'ynashmoqda. Xitoy oxirgi 4ta o'yinda yangi bosh murabbiy qo'l ostida o'ynamoqda. Jamoa falsafasi o'zgarmagan. 

Xitoylik jurnalist savoli: - Xitoy terma jamoasining asosiy kuchi nimada? 
- Tezkor, yaxshi tashkil etilgan, texnik tomonlama kuchli futbolchilarga ega. Juda agressiv futbol ko'rsatishadi. 

Источник: championat.asia
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (10.10.2016)
Просмотров: 326 | Теги: Samvel Babayan, JCh–2018 saralash | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar