Sardor Milano ilk albom taqdimotini o‘tkazdi


Yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina yutuqlarga erishgan xonanda Sardor Milano o‘zining ilk albom taqdimotini o‘zkazdi. Mazkur taqdimotda uning ashaddiy muxlislari, OAV vakillari, ustozlari qatnashdi. “Vrem skazat” deb nomlangan qo‘shiqlar to‘plamidan 9 ta tarona joy olgan.

Ular orasida ikkitasi o‘zining mualliflik qo‘shig‘i bo‘lib, qolgani bir qator loyihalar uchun ijro etgan kompozisiyalaridir. Albom taqdimoti jarayonida Sardor Milano bir qator savollarga javob berdi. Shuningdek, ijodida kutilayotgan yangiliklar bilan bo‘lishdi. Tez kunda xonanda o‘zbek tilidagi ilk qo‘shig‘ini taqdim etishini ham ma’lum qildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, taqdimot jarayonidayoq xonandaning albomiga muxlislar katta qiziqish bildirishdi va o‘ylab o‘tirmay, harid qilishdi. Mazkur to‘plamni siz ham yurtimizdagi savdo markazlaridan harid qilishingiz va qo‘shiqlarni tinglashingiz mumkin.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Sardor Milano
Просмотров: 900 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:32
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz