Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Sardor Milano: Toshkent mening shahrim va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi





O‘zbekistonlik yosh xonanda, Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi g‘olibi Sardor Milano “Golos” shousidagi chiqishida o‘zini “Moskvadan” deb tanishtirgani bir qator e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Bu borada qo‘shiqchining o‘zi shunday tushuntirish berdi:
“Mening g‘alabamni quvonch bilan kutib olgan tinglovchilarim va vatandoshlarimdan minnatdorman. Ming afsuski, so‘zlarimni noto‘g‘ri talqin qilib, turli gap-so‘z chiqarganlar ham topildi”, — deb Milanoning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Darakchi”.
 
“Men sahnada yashayotgan joyimni ma’lum qildim. Men fikrimni doim qisqa va aniq ifoda etaman. Toshkentda tug‘ilganman, buni hamma biladi. Bu haqda boshqa joylarda ko‘p gapirganman”. Qayd etish kerak, Sardor Milano “Golos”dagi chiqishida Moskvadan emas, balki shunchaki Moskva deb aytib o‘tgandi.
 
“Bu mavzuga boshqa qaytmayman. Sevgi va muhabbat mening kelajakka ishonch bilan qarashimga kuch beradi. Toshkent doim meniki va shunday bo‘lib qoladi”, — deya so‘zlarini yakunladi Milano.
 
Avvalroq “Sayyod.com” qo‘shiqchi haqida shunday fikr bildirgandi:
 
“Balki yulduzlik onlaridan taltaygan Sardor Milano asli qayerdan ekanini unutdimi, xullas, ‘Moskvadanman’ deya o‘zini tanishtirdi. Oxirigacha na O‘zbekiston va na Toshkent haqida lom-mim demagan bu yigitdan ochig‘i shu sabab umuman ko‘ngil qoldi. Ertaga Amerikaga borib, Moskvaniyam unutib yuborsa ajab emas”.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (17.10.2016)
Просмотров: 383 | Теги: Sardor Milano | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar