Sardor Rahimxon Muxlisiga atab qo‘shiq kuyladi


May oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rish bilan birga yangi ijod mahsullarini taqdim etishni kanda qilmayotgan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon navbatdagi tarona va klip ustida ish boshlab yubordi. 

“Faridam mani” deb nomlangan mazkur qo‘shiqni yaralish tarixining o‘zi muxlislarda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz. Bu kompozisiya xonandaning so‘zlariga qaraganda, uning ijodiga befarq bo‘lmagan, 10 yildan buyon unga sodiq muxlis bo‘lib kelayotgan Farida nomli qizga bag‘ishlangan.

Farida sevimli xonandasiga xat yo‘llagan. Maktubda yozilgan voqea xonandani shu qadar ta’sirlantirib yubordiki,  shu qizga bag‘ishlab qo‘shiq kuylashga ahd qildi.  Real voqealarga asoslanib yozilgan musiqiy asarga hattoki videoklip ham suratga oldirdi.

Video asarda Faridaning hayotini ko‘rsatib berish, maromiga yetkazib tasvirga tushirish klipmeyker Dilmurod Agzamovga topshirilgan. Ayni damda klip tayyor bo‘lish arafasida. Maktubda nimalar bitilgan ekanki, xonandaning ruhiyatiga bu qadar kattiq ta’sir qilgan bo‘lsa?  Nima sababdan Sardor Rahimxon bu xatga befarq o‘tib ketmadi? Buni albatta tez kunda premera jarayonida xonandaning o‘zidan bilib olamiz.
Tez kunda xalqimizga taqdim qilinishi kutilayotgan ushbu qo‘shiq va klipni mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘zi Zafar Qodirov tomonidan yozilgan. Musiqasi esa  Eronlik mashxur kompozitor va xonanda  Amin Rostamiga tegishli. Musiqa ayrim muxlislar tanish bo‘lishi mumkin. Biroq xonanda bu musiqani muallifning ruxsati bilan olib ijro qildi.  Klip rejissyori Dilmurod Agzamov. Operator Rustam Murodov. Demak, kuzatishda davom eting va yangi klipni kutib qoling.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Sardor Rahimxon
Просмотров: 2031 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz