Sardor Rahimxon va go'zal ovoz sohibasi Dilso'z "Sog'indi Yurak" Klip Premerasi


Avvaliga bir necha hafta Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali sirli duet deya ko‘pchilikning e’tiborini tortgan "Sog‘indi yurak" qo‘shig‘i muxlislarning turli hil fikrlarga chorladi. Vaqt o‘tib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon va go‘zal ovoz sohibasi Dilso‘z ijrosida kuylangan duet tarona ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aslida ikki xonanda hamkorligida yaratilgan duet taronalarning aksariyati ko‘pchilikning qalbidan joy olib, xit qo‘shiqlar sarasiga kirib boradi.
Har bir san’atkor uchun duetdoshining ovoz tembri va ijodiy yo‘nalishi e’tiborga olinishi tabiiy. Bunday hamkorliklar ikki xonandaning muxlislari uchun kutilmagan yangilik bo‘ladi, desak adashmaymiz.
Radioefirlar orqali premera etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, xit darajasiga aylanib ulgurgan Sardor Rahimxon hamda Dilso‘z ijrosidagi “Sog‘indi yurak” taronasi aytib o‘tganimizdek, nafaqat ularning muxlislari, balki ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.
Habaringiz bor so‘zlari Bahodir Nizomovga, musiqasi Umid Obidovga tegishli bo‘lgan va muxlislarning diliga manzur bo‘la olgan mazkur duet uchun taniqli va professional klipmeyker Rustam Murodov rejissyorligida trek yo‘nalishida videomahsulot tasvirga olinmoqda edi. Mana vaqti kelib bugun saytimiz orqali mazkur duet uchun ishlangan klip e’tiboringizga havola etilmoqda. Marhamat, tomosha qiling va o‘z fikrlaringizni bildiring.

KLIPNI KO'RISH, KO'CHIRISH


Категория: MP3 PREMYERA | Теги: Dilso'z, Sardor Rahimxon, Sog'indi Yurak
Просмотров: 2777 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz