Sarvar va Komilning "Chunki bu biz" nomli konsert dasturidan (+video)


1, 2 may kunlari "Istiqlol" san’at saroyida Sarvar va Komilning "Chunki bu biz" nomli jonli ijrodagi kino konserti bo‘lib o‘tdi. Ijodkorlar bu safar ham xalqimiz oldidagi imtixonni a’lo darajada topshirdi. Konsert "Chunki bu biz" filmining birinchi qismi bilan boshlandi.

So‘ng "Qizaloq" qo‘shig‘i bilan Sarvar va Komil sahnaga chiqishdi. Ilk qo‘shiqdanoq, muxlislar quvonchini hayqirig‘i- yu davomli olqishlari bilan bildirishdi. "Fevral" qo‘shig‘ini esa birga kuylab, konsert boshidan xonandalarni qo‘llab quvvatlashni boshlashdi. So‘ng filmning ikkinchi qismi namoyish etildi va "Ayt" qo‘shig‘iga ulandi. "Yog‘adi yomg‘ir"ni ham muxlislar birga kuylashdi. Navbat "Ko‘z yoshlarim" qo‘shig‘iga berildi. Konsert filmning 3-qismi bilan davomlandi. Birin ketin "Xazon", "Eslamading", "Asalim", "Erkalay" taronalarini ijro qilishdi. Muxlislarning faolligi xonandalarni xattoki hayajonda ushlab turdi. Tashrif buyurgan har bir tomoshabin, ularning ashaddiy muxlisi ekanini anglash qiyin emas. Deyarli har bir sevimli qo‘shiqlarini chiroqlar yog‘dusi bilan kutib olib, jo‘r bo‘lib kuylashdi.


Filmning 4-qismidan so‘ng, "Kechagi kun", "Qaniydi seni", "Baxtli bo‘l", "So‘rama" qo‘shiqlari ketma ket ijro etildi. So‘ng filmning 5-qismi namoyish etildi. Tomoshabinlarning xayrati tobora oshib bordi. "So‘nggi bor", "Telbaman", "Ortingga qara" "Me & You" taronalari konsertga alohi fayz bag‘ishladi. Barcha kutgan on, filmning so‘nggi qismi taqdim qilindi. Dastur “Vatanim” qo‘shig‘i bilan yakunlandi. Takrorlanmas, pozitivga boy, mehr-muhabbatga to‘la dastur uzoq vaqt esda qolishi tabiiy. Shuningdek, instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari ham tashrif buyurdilar. Sarvar va Komil dastur davomida bir necha bor muxlislariga minnatdorchilik bildirdilar.

 



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: konsert dasturidan, Chunki bu biz, Sarvar va Komil, nomli
Просмотров: 5399 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:01
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz