Саудияда 11 шаҳзода подшоҳлик саройидаги норозиликлар учун ҳибсга олинди

Saudiya Arabistonidagi podshohlik saroyida yuz bergan noroziliklar tufayli 11 nafar shahzoda qo‘lga olindi. Bu haqda Saudiyaning «Sabk» internet gazetasi xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, podshohlik oilasining norozilik bildirgan shahzodalari podshoh Salmon bin Abdul Aziz Ol Sauddan tegishli buyruqni bekor etishni talab qilishgan. Unga ko‘ra, shahzodalar hisoblaridan suv va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish to‘xtatilishi lozim. Shahzodalarning ma’lum qilishicha, qotillikda ayblangan hamda uch yil muqaddam qatl etilgan amakilarining o‘g‘illari o‘limi uchun ham tovon puli olishni xohlaydilar.

Podshohlik gvardiyasi norozi bo‘lganlarni ular saroyni tark etishdan bosh tortishgach, hibsga oldi. Shahzodalar «Al-Xayr» qamoqxonasida sudga qadar hibsda saqlanmoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistonining marhum qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saudning korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan ikki o‘g‘li – Faysal bin Abdulloh va Mash’al bin Abdulloh ozodlikka chiqarilgani xabar berilgandi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Саудияда
Просмотров: 624 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz