“Se*Tanho” (“Setora”) guruhi 16 yoshini nishonladi


2014-yilning 1-martida hozirgi "Se*Tanho” guruhining fan-klubi a’zolari va Leylining art-direktori Samir tomonidan Laylo hamda Kamila uchun tavvalud kun uyushtirildi. Chunki ushbu sanada afsonaviy "Setora” guruhi 16 yoshga to‘ldi. Bu haqda "Shou-biznes” nashri xabar bermoqda.

Guruh 1998-yilning 1-mart kuni Laylo, Kamila va Feruza tomonidan tashkil qilingan edi. Ayni paytda guruh a’zolarining uchinchisi — Feruza AQShda istiqomat qilib, ijodini o‘sha yerda davom ettirmoqda. Shu sababli tadbirda faqat Laylo va Kamila guruh vakillari sifatida qatnashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shahrimizning Sirg’ali tumanida joylashgan "Lord” restoranida uyushtirilgan ziyofatga Ravshan Sobirov, Shoira Otabekova, Kaniza kabi estradamizning ko‘zga ko‘ringan vakillari tashrif buyurishdi. Tadbirni Samir hamda maftunkor aktrisa Shahzoda Muhammedova birgalikda olib bordilar. Tadbirga tashrif buyurgan fan-klub a’zolari o‘z sevimli yulduzlari bilan birgalikda esdalik uchun fotosuratlarga tushish bilan bir qatorda, birga raqsga tushish hamda ularning taronalaridan tinglab hordiq chiqarishga ham musharraf bo‘ldilar, deyiladi xabarda.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Setora, Se*Tanho
Просмотров: 1907 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:54
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz