Главная » 2016 » Июль » 22 » Sem Ellardays Angliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
22:50
Sem Ellardays Angliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

 



Sanderlend” jamoasi ustozi Sem Ellardays Angliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Angliya futbol assosiasiyasi  rasmiy “Tvitter” sahifasida e`lon qildi, deb ma`lum qilmoqda VVS.  

61 yoshli mutaxassis mamlakat assosiasiyasi bilan 2 yillik kelishuv tuzdi. Shartnomaga ko`ra, uning yillik maoshi 4 million funt qilib belgilandi.

Eslatib o`tamiz, Evro–2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng Roy Xojson Angliya termasi bosh murabbiyi lavozimidan iste`foga chiqqandi.

Ma`lumot uchun, Sem Ellardays faoliyati davomida “Vest Xem”, “Bolton”, “Nyukasl” va “Blekbern” kabi ingliz klublarida faoliyat olib borgan. 
Прикрепления: Картинка 1
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 218 | Добавил: AdminoFF | Теги: Sem Ellardays, Angliya termasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: