Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Sevinch Sharof bilan munosabatlariga putur etayotganiga ishora qildi




Xonanda Sevinch Mo`minova o`zining Instagram`dagi sahifasida yozib qoldirgan so`zlari muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

“Qizalog`im, malikam, hech o`ksinma bu beshafqat hayotda! Onang senga shunday mehr beradiki, hech kimni mehriga muhtoj bo`lmaysan, InshaAllah! Onang sani shunday bekami-ko`st katta qiladiki, hech kimdan kam bo`lmaysan, InshaAllah! Onang sani shunday tarbiyalaydiki, eng go`zal namuna bo`lasan, InshaAllah! San shunaqa mehribon qizsanki, xuddi Allohim butun mehrni ba`zi bir mehrsiz insonlardan olib ayamay senga bergandek! O`zimni qalbi pok beg`uborim, sani qanchalik yaxshi ko`rishimni tasavur ham qilolmaysan. Bu tuyg`uni menga bergan buyuk Allohimga behisob shukur! Sen hech qachon yig`lama bolam, men sen uchun, sening baxting uchun yashayman! Sening tog`dek onang bor, hech kimga, hech kimni mehriga zor qilmaydigan kuchli onang bor! Sen baxtli ayol, baxtli rafiqa va baxtli ona bo`lasan, InshaAllah!”,—deb yozdi Sevinch qizining suratini o`z sahifasiga joylab.





Mazkur post xonandaning “follover”lari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Internet foydalanuvchilari xonandaning turmush o`rtog`i bilan ajrashayotgani haqidagi imsh-mishlarga oydinlik kiritishni so`ragan, biroq Sevinch bu haqdagi savollarni ochiq qoldirgan.

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.08.2016)
Просмотров: 1434 | Теги: Sevinch Mo'minova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar