Shahzoda Matchonova: Meni “o‘qimagan” deb tanqid qilishsa, xafa bo‘lmayman


“Talabaligimda dugonalarim bilan teatrga spektakl tomoshasiga borganman. O‘shanda rejissor Zulfiqor Musoqov meni ko‘rib qolib: ‘Yolg‘iz emas, ota yoki onang bilan kel. O‘zing kelsang, qabul qilmayman’, deya sinovga taklif qilgan”, — deya hikoya qiladi aktrisa Shahzoda Matchonova “7×7” gazetasiga bergan intervyusida.
“Mendek ‘kinoga ko‘chadan kelgan’larni ‘o‘qimagan’ deb tanqid qilishayotganda hech ham xafa bo‘lmayman. Chunki jahon kinosida bunday aktyorlar juda ko‘p, ular iste’dodli, mashhur. Agar aktyor kinoga mashhurlik uchun emas, iste’dodini namoyon qilishga kelgan bo‘lsa, o‘qishga imkoni bo‘lmasa ham, albatta, o‘z ustida ishlashi shart.
Men uchun kasbimdagi rivojlanish — ustoz san’atkorlar bilan muloqotda bo‘lish. Savollar beraman, kerakli bilimlarga ega bo‘laman. Qolaversa, tinmay o‘qiyman, teatrlarga boraman, inson psixologiyasini o‘rganaman”, — deya ta’kidlaydi aktrisa.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Shahzoda Matchonova
Просмотров: 1345 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz