Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Shahzoda Muhammedova avtomobil boshqarayotganda boshqa ishlar bilan band bo`lishini tan oldi




Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o`zining qoidabuzar haydovchi ekanligini tan oldi.

U doim shoshilganidan avtomobil harakati vaqtida qo`rqmasdan boshqa ishlar bilan bemalol shug`ullana olishini ta`kidladi.

O`zining “Instagram”dagi sahifasida aktrisa shunday deb yozadi:

“Doim shoshilib yuraman, shoshilib ish qilaman, hech nimadan qo`rqmayman. Har bir soniyamni, vaqtimni qizg`anganimdan, ishlarim ko`pligi sababli bir vaqtda rulda ovqatlanib, rulda makiyaj qilib, sochimni turmaklab ketaman. Buning uchun YPX xodimlaridan uzr so`rayman.”

Mazkur izohga xulosa tarzida Shahzoda bunday harakatni tavsiya etmasligini ham aytib o`tgan.

Labiga bo`yoq surib ketayotgan aktrisaning surati avtomobil harakatlanayotgan vaqtda olingani ko`rinib turibdi.

Shu o`rinda aktrisa va u kabi haydovchilarga bunday harakat nafaqat ularning balki yo`l harakatining boshqa ishtirokchilari, xususan piyodalarning hayotiga xavf solishi mumkinligini unutmasligini ham eslatib qo`yishni joiz deb topdik. Zero, yo`l-transport harakatida har soniya inson hayotini hal qilishi mumkinligini unutmaslik lozim!

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (25.07.2016)
Просмотров: 826 | Теги: Shahzoda Muhammedova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar