Shahzoda Muhammedova o‘zi tikkan liboslar do‘konini ochyapti


Shahzoda Muhammedovani muxlislari nafaqat aktrisa, balki qo‘li gul dizayner sifatida yaxshi bilishadi. U shu bugunga qadar ko‘plab san’atkorlarning liboslarini ham tikib bergan. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxt markazida yangi atele va liboslar do‘koni ochayotgani haqida xabar berdi. Uning ma’lum qilishicha, bu do‘konda faqat Shahzoda Muhammedova muallifligidagi liboslar sotiladi.

Teleboshlovchilikda ham o‘zini sinab ko‘rgan aktrisa biroz avval xonandalik faoliyatini ham boshlagan edi. Ayni damda esa u xonandalikka butkul nuqta qo‘yganini ma’lum qildi.  Shahzoda xonandalikni to‘xtatishini qo‘shiq yaratish va klip olishdagi sarf-xarajatlarning qimmatligi bilan bog‘lagandi.

Muhammedovaning saytimizga xabar berishicha, do‘konning ochilish marosimi 1 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Shahzoda Muhammedova
Просмотров: 3294 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:31
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz