Главная » 2016 » Июнь » 8 » Sharapova aksildoping qoidalarini buzganligi uchun 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi
22:03
Sharapova aksildoping qoidalarini buzganligi uchun 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi





Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova aksildoping qoidalarini buzganligi uchun ikki yilga barcha musobaqalardan chetlashtirildi. Bu haqda Xalqaro tennis federatsiyasining (ITF) rasmiy Twitter’i orqali ma’lum qilindi, deb yozmoqda“Gazeta.ru”.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshlarida Sharapova favqulodda matbuot anjumanida Australian Open’dagi doping-probasi ijobiy chiqqanini tan oldi. Xalqaro tennis federatsiyasi sportchini 12-martdan boshlab musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etdi.

Ilgariroq Sharapova Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchi ayollar ro‘yxatida birinchilikdan mahrum bo‘lgani xabar qilingan edi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 505 | Добавил: AdminoFF | Теги: Sharapova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: