Shavkat Mirziyoyev 22 ming dollar bilan qo‘lga tushgan hokim yordamchisini tilga olib o‘tdi

O‘zbekistonda hokimliklar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari maoshini oshirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Davlat rahbari bu mazkur tizimlarda uchrayotgan poraxo‘rlik, tamagirlik holatlarining oldini olish uchun zarurligini ta’kidladi.

— Yaqinda bir tuman hokimining yordamchisi 22 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu qanaqa gap? Hokimlikda ishlaydigan mas’ul xodim firibgarlik bilan shug‘ullanib yurgan bo‘lsa. Bunday holatlarga uzil-kesil chek qo‘yish kerak, — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Otanazarov ikki kishini Janubiy Koreyaga shartnoma asosida ishga yuborishini aytib, 8 ming dollar olayotgan paytda ushlangandi Surishtiruv davomida uning 12 nafar fuqarodan oldinroq xuddi shu yo‘l bilan jami 22 ming 400 dollar olgani aniqlandi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 2040 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz